Yangi Championat.asia: nimalar o'zgardi va undan qanday foydalanish mumkin?

Narzulla Saydullayev
25 mar 2026
Do'stlar, biz saytni yangiladik - keling, undan qanday foydalanishni ko'rsatib beramiz.

Qadrli foydalanuvchilar!

Biz Championat.asia saytini to'liq yangiladik. Eski saytimiz uzoq vaqt xizmat qildi, biroq vaqt o'tishi bilan u manan eskirdi - uning arxitekturasi bilan yangi funkciyalarni qo'shish, saytni yanada tezroq va qulayroq qilish ancha qiyinlashib qolgan edi.

Shu bois, biz yangi - zamonaviy, tezkor va moslanuvchan saytni yaratdik.

Eng muhimi - yangiliklar hech qaerga yo'qolmagan, shunchaki endi ular bloklar bo'yicha tizimlashtirilgan.

Tushunamiz, hozir ko'pchiligingiz uchun bu noodatiy tuyulishi mumkin. Bu tabiiy hol: interfeys o'zgarganda, dastlabki his - “avvalgisi yaxshiroq edi” degan fikr bo'ladi. Ammo o'zingizga biroz vaqt bering - tez orada yangi saytda avvalgidan ham tezroq yo'nalish topa boshlaysiz.

Ushbu materialda biz, birinchi navbatda, saytning yangi mobil versiyasidan qanday foydalanishni ko'rsatib o'tamiz. Aynan mobil versiyada o'zgarishlar eng ko'p bo'ldi va foydalanuvchilarimizning asosiy qismi aynan telefon orqali saytga tashrif buyurishadi.

🧭 Nima o'zgardi?

Endi bosh sahifa - shunchaki yangiliklar ro'yxati emas, balki barchasi bloklarga ajratilgan o'ziga xos “vitrina”dir. Bu sizga kerakli ma'lumotlarni yanada tezroq topish imkonini beradi:

• 📰 So'nggi yangiliklar - eng so'nggi yangiliklar xronologik ketma-ketlikda

• ⚽ Bugungi o'yinlar - kunning barcha o'yinlari va “match-centr”ga tez kirish imkoniyati

• 🎥 Video va foto - karusel ko'rinishidagi eng so'nggi multimedia kontentlari

• ⭐ Tahririyat tanlovi - tahririyatdan muhim va qiziqarli materiallar

• 🔥 Qaynoq yangiliklar - eng ko'p muhokama qilinayotgan va faol tarzda komment yozilayotgan yangiliklar

Bunday format nafaqat vaqt bo'yicha, balki qiziqishlaringizga ko'ra ham kerakli kontentni tezroq topishga yordam beradi.


📱 Tezkor navigaciya - har doim yoningizda

Ekranning pastki qismidagi “suzuvchi” menyuga e'tibor bering.

1.jpg

Uning yordamida siz istalgan vaqtda quyidagi bo'limlarga o'tishingiz mumkin:

• Bosh sahifaga

• O'yinlarga

• Musobaqalarga

• Yangiliklar bo'limiga

• Foto va video bo'limlariga - ular o'ng tomondagi uchta nuqta tugmasi ostidagi qo'shimcha menyuda joylashgan.

👉 Saytning istalgan joyidan turib, atigi birgina klik orqali.

Bu sayt bo'ylab harakatlanishning eng tezkor usullaridan biri - undan foydalanishni tavsiya etamiz.


📰 Barcha so'nggi yangiliklarni qanday o'qish mumkin (eski saytdagidek)

Agar siz yangiliklarni xuddi avvalgidek ketma-ket va uzluksiz varaqlashga o'rgangan bo'lsangiz, bu imkoniyat hech qaerga yo'qolmagan

“Yangiliklar” bo'limiga o'ting - u erda barcha yangiliklar xronologik tartibda: eng yangisidan eskisiga qarab joylashgan.

Buni bir necha usul bilan amalga oshirish mumkin:

1. Bosh sahifadagi “So'nggi yangiliklar” bloki orqali:

• Yuqoridagi “Barcha” tugmasini bosing

2.jpg

• yoki blok tegidagi “Barcha yangiliklar” tugmasini

3.jpg

2. Bosh sahifaning eng pastki qismidagi katta “Barcha yangiliklar” tugmasi orqali:

4.jpg

3. Teparoqda biz yozgan “suzuvchi” menyu orqali - bu eng tezkor usul


📋 Rasmlarsiz odatiy rejim (eski formatni xush ko'ruvchilar uchun)

Agar sizga yangiliklarni xuddi eski saytdagidek - ro'yxat ko'rinishida o'qish qulayroq bo'lsa:

👉 Yangiliklar bo'limida maxsus rejim almashtirgichi mavjud - u erda yangiliklarni rasmlarsiz, faqat ro'yxat shaklida chiqarishni tanlashingiz mumkin:

photo_2026-03-25_14-53-33.jpg

💡 Agar bitta ekranda ko'proq yangiliklarni tez ko'rib chiqishni xohlasangiz, bu juda qulay usuldir.


🌙 Kunduzgi va kechki rejim

Endi sayt sutkaning istalgan vaqtida o'qish qulay bo'lishi uchun kunduzgi (oq) va tungi (qora) rejimlarni qo'llab-quvvatlaydi. Bu, ayniqsa, tunda ko'zlarga ortiqcha bosim tushishining oldini olishga yordam beradi.

Rejimni saytning futerida (eng pastki qismida) almashtirish mumkin - u erda tegishli tugmacha joylashgan:

5.jpg

⚠️ Nima uchun menda sayt darhol to'q (tungi) rejimda ochildi?

Agar sayt sizda to'q rejimda ochilgan bo'lsa - xavotir olmang 🙂

Bu qurilmangizning sozlamalariga bog'liq bo'lishi mumkin, masalan:

• Quvvatni tejash rejimi (energosberejenie) yoqilgan bo'lsa;

• Yoki tizimning o'zida to'q rejim faollashtirilgan bo'lsa.

👉 Bunday holatda sayt avtomatik ravishda ushbu sozlamalarga moslashadi.

Siz istalgan vaqtda sahifaning pastki qismi orqali rejimni qo'lda yorug' (oq) rejimga o'tkazishingiz mumkin.


💻 Saytdan kompyuterda qanday foydalanish mumkin?

Saytning desktop versiyasi bazi jihatlarni mustasno qilganda, mobil talqinni deyarli to'liq takrorlaydi:

• Asosiy bo'limlarga o'tish yuqoridagi menyu orqali amalga oshiriladi;

• So'nggi yangiliklar va boshqa foydali bloklar o'ng tomonda aks etadi.

Ishlash mantiqi xuddi mobil versiyadagidek qoladi - faqat elementlarning joylashuvida farq bor.

Desktop versiyada ham yorug' va to'q rejimni almashtirish tugmasi mavjud (saytning pastki qismida - futerda).


💬 Biz uchun sizning fikringiz muhim

Biz sharhlarni diqqat bilan o'qib boryapmiz va fikrlar turlicha ekanligini ko'rib turibmiz - bu tabiiy hol.

Ammo hozirgi vaqtda bizga ko'proq konstruktiv (aniq taklifga asoslangan) xabarlar yordam beradi:

• Aynan nima noqulay?

• Qaysi funkciya ishlamayapti?

• Nimani yaxshilash mumkin?

Agar biror xatolik yoki kamchilikni (bag) sezsangiz - albatta bu haqda yozing. Bunday xabarlarni biz birinchi navbatda ko'rib chiqamiz.

Quyidagi mazmundagi xabarlarni ham ko'ryapmiz:

“Eski saytni qaytaring” yoki “Sayt yomon”.

Biroq, afsuski, bunday fikrlar saytni yaxshilashga yordam bermaydi.

Eski sayt o'tmishda qoldi - biz sizning takliflaringizni inobatga olgan holda yangi saytni rivojlantirishda va uni yanada qulay qilishda davom etamiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar