Shohruh Gadoev gol urdi va ramziy terma jamoaga kiritildi VIDEO

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 12:24
O'zbekistonlik yarim himoyachi Shohruh Gadoev ayni paytda Janubiy Koreyada o'ynayotganidan xabaringiz bor.

Gadoev faoliyat olib borayotgan "Tedjon Sitizen" klubi Janubiy Koreya K-2 ligasining 5-turida Sato Minori o'ynayotgan "Gvangju" mehmoni bo'lib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur o'yindagi yagona golni aynan hamyurtimiz urgani quvonarli.

Yana bir e'tiborli tomoni shundaki, Gadoev K-2 ligasining 5-tur ramziy terma jamoasiga ham kiritildi.


"Gvangju" - "Tedjon Sitizen" 0:1
Gol:
Shohruh Gadoev 61, - 0:1.

Gadoevning golini telegramdagi rasmiy kanalimizda tomosha qiling va ko'chirib oling.

VIDEONI KO'RISH


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia