Shohmalik Komilov: "Bugun gol urishni niyat qilgan edim"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2021
O'zbekiston kubogi 1/4 final "So'g'diyona" - "Nasaf" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va g'alaba golini kiritgan Shohmalik Komilov bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun biz kerakli natijaga erishdik va yarim finalga yo'l oldik. Bu bilan muxlislarimizni tabriklayman.

Gol haqida gapiradigan bo'lsam, bugun gol urishni niyat qilgan edim. Gol urish penalti orqali nasib etdi. Golimni onajonimga bag'ishlab qolaman", - deydi Shohmalik Komilov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" футбол клуби матбуот хизмати