Shirer: "Obameyang "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirmaydi"

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2020
Angliya futboli afsonasi Alan Shirerning "Match of the Day" ko'rsatuvi efirida takidlashicha, "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "to'pchilar" bilan hamkorlikni davom ettirmaydi.

"Obameyang haqida gapiradigan bo'lsak, U "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytiradi deb o'ylamayman. U ham Mesut O'zil oladigan miqdorda maosh olishni istaydi, ammo London klubi bu talabni qondira olmaydi. O'zilga katta maosh to'lash ham xato edi, u hatto "Brayton" bilan o'yinda ham maydonga tusha olmayapti".

Eslatib o'tamiz, taxminlarga ko'ra Mesut O'zil haftasiga 350 ming funt maosh oladi. U "Arsenal" safida eng ko'p ish haqi to'lanadigan futbolchi hisoblanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Dailystar.co.uk