Shevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolash uchun dushanba kuni Italiyaga uchib boradi

Alisher
7 noya 2021, 12:10
Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi.

U bitim tuzish uchun dushanba kuni Italiyaga uchadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda.

Murabbiy "Jenoa"da 1,8 mln evro (+bonuslar) maosh oladi.

45 yoshli ukrainalik 2016-2021 yillarda Ukraina terma jamoasini boshqardi. "Jenoa" esa kecha Davide Ballardinini iste'foga chiqardi.

Jamoa ayni damda A Seriyada 12 o'yindan so'ng 9 ochko jamg'argan holda, jadvalda 16-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio