Sherzod Qosimov nima uchun "Buxoro" - "So'g'diyona" uchrashuvida ishlamasligi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
29 okt 2020, 12:09
Coca Cola Superliga 21-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvi rasmiylarida o'zgarish bo'ldi.

Sherzod Qosimov o'rniga Ahrol Risqullaev tayinlandi. Bu o'zgarishga nima sabab bo'lganini bilish maqsadida PFLga murojaat qildik. Biroq PFL hakamlar tayinloviga umuman aralashmasligi bois, bu o'zgarish nima uchun yuz bergani haqida ularda ham ma'lumot yo'qligi oydinlashdi.

Shundan so'ng O'FA hakamlar departamenti rahbari Arslon Xotamovga murojaat qildik: 

"Sherzod Qosimov kasal bo'lib qoldi. Barchamiz issiq jonmiz, kim qachon kasal bo'lishini bilmaymiz. Shu bois o'zgarish yuz berdi".

Coca Cola Superliga. 21-tur
29 oktyabr, payshanba
BUXORO – SO'G'DIYONA
Hakamlar
: Ahrol Risqullaev, Ruslan Samandarov, Bektursin Kannazarov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Oybek Yunusov


Saytimiz nomidan Sherzod Qosimovga tezroq tuzalishini tilaymiz.


“Buxoro” – “So'g'diyona” uchrashuvini Sherzod Qosimov emas Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Sababi noma'lum    


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia