Sherzod A'zamov: "Doriev "So'g'diyona"ga kelganida 30 ming dollar maosh olgan ekan"

Alisher Ostonov
8 may 2025
"90minutuz" podkastining navbatdagi sonida qatnashgan sobiq futbolchi Sherzod A'zamov "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev va o'zbek klublarining legioner olish masalasi haqida gapirdi.

"Cheran menga "So'g'diyona"ning zo'r legionerlar bilan shartnoma imzolaganini aytdi, bu payt ular klubga kelib ham ulgurmagandi. Dragan menga ularning qanday o'yinchi ekanligi, ammo narxi ham baland ekanligini aytdi. Doriev "So'g'diyona"ga kelganida oyiga 30 ming dollar maosh olgan ekan. "So'g'diyona" o'sha payt Cheranni ham o'z safiga chorlayotgandi. Ular Cheranga ham shuncha mablag' taklif qilayotgandi. "So'g'diyona"ni o'rtamiyonadan yuqoriroq jamoa deb hisoblasak, legionerlar bo'yicha zo'r tanlov qilishdi va ular shuncha pulga arziydi. Boshqalar ham besh nafar legionerning o'rniga Doriev kabi o'yinchini olib kelishsin va biz uning o'yinini ko'rishni xohlaylik. Masalan, Gevorkyan ham "Sho'rtan" va "Paxtakor"da o'rnini topa olmay, "Nasaf"ga keldi va yuz-ikki yuz yoki ming nafar muxlis uning o'yinini ko'rish uchun stadionga tushdi", - dedi A'zamov.



"90minutuz" podkasti to'liq holda:



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia