

"Kanonirlar" 21 yoshli ukrainalik futbolchi uchun 40 million evro va 20 million bonus taklif qilishdi. "Arsenal" "konchilar" rahbariyati va futbolchning vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Joriy mavsum Mudrik “Shaxtyor” safida milliy chempionatda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasining 6 ta o'yinida 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.



