

Jamoaning kichik hisobdagi mag'lubiyatiga qaramay, maydonda bir ahamiyatli hodisa sodir bo'ldi.
Doneck klubi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, klub YCHL tarixida birinchi marta faqat ukrainalik futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tashladi. O'yinning 88-daqiqasidagina xorvatiyalik Neven Jurasek va Burkina-Faso hujumchisi Lassina Traore maydonga zaxiradan qo'shildi. Aks holda, ushbu uchrashuv faqat ukrainaliklarning ishtiroki bilan nihoyasiga etar edi.
"Shaxtyor" keyingi turda ham Madrid klubiga qarshi o'ynaydi. Ushbu o'yin 11 oktyabr sanasida bo'lib o'tadi.



