"Shalke" stadioni oldida bomba borligi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2015, 16:41
"Shalke-04" uy stadioni "Veltins Arena" oldida o'tkazilayotgan ta'mirlash ishlari vaqtida Ikkinchi jahon urushidan qolgan portlamagan aviabomba topildi.
125 kilogrammli bomba 5 metr chuqurlikda aniqlandi. Ushbu snaryad ittifoqchilarniki ekanligi tahmin qilinmoqda. "Shalke-04" sport binosi havo kuchlarining asosiy nishoni bo'lgan, chunki u yerda nemis armiyasining aerodromi joylashgan edi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com