Shahzod Ubaydullaev: "Navbahor"ning taklifini ortiqcha o'ylaganim yo'q. Yangi mavsumda Namanganda boshqacha atmosfera kutyapman"

Iskandarov Abdulaziz
10 dek 2024, 18:10
Avvalgi yillarda asosan nomlarga tayangan "Navbahor" endilikda yo'nalishini o'zgartirdi.

 Klub tarkibni mahalliy futbolchilar orqali shakllantirishga kirishdi. Mirzohid G'ofurov, Abdug'ani Kamolov, Shahzod Ubaydullaevlar shular jumlasidandir. Ayniqsa kosonsoylik bo'lgan Shahzod Ubaydullaevni muxlislar yaxshi tanishadi. Xo'sh, uning yangi jamoasiga o'tishi qanday yuz berdi?


"Uyga qaytganimdan xursandman. "Navbahor" taklifini ortiqcha o'ylab ham o'tirganim yo'q. Namangan o'zimiz tug'ilib-o'sgan joy. Yangi mavsumda o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Muxlislarni xursand qilamiz. O'ylaymanki, stadionda atmosfera juda boshqacha ko'rinish oladi. Jamoa yosharmoqda, mahalliy o'yinchilarga e'tibor kuchaydi. Stadion to'lib-toshishiga ishonaman. Hujumchida e'tibor faqat to'purarlikka qaratilgan bo'lishi kerak. Menda ham shunday. Xudo xohlasa shu yo'lda harakat qilamiz. 

"Metallurg"ni mavsum tugamasidan tark etishimga sabab murabbiy bilan kelishmovchilik bo'ldi. Ikkinchi davrada o'yin amaliyoti kam berildi. Deyarli to'p tepmadim. Bundan hech qanday adovatim yo'q. Murabbiy bizni mashg'ulotda ajratib qo'yayotgandi. O'zini ko'rsatgani imkon ham bermadi. Shu bois Shavkat aka Saidov bilan gaplashdim. Ular to'g'ri tushundilar",- deydi Shahzod Ubaydullaev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia