Sezar: "Mourinyo Kasilyasning ikki qo'lidan mening bir qo'lim kuchliroq ekanligini aytgandi"

Mirjalol Normatov
20 apr 2018
O'z faoliyatini yakunlagan darvozabon Julio Sezar MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan 2013 yildagi voqea haqida gapirdi.

"Kiyinish xonasiga kirganimda Mourinyo menga telefondan xabar yo'lladi: "Sen ajoyibsan, Kasilyas sening libosingni kiyib maydonga tushishi kerak", deb yozilgandi. Shuningdek, u menga Kasilyasning ikki qo'lidan mening bir qo'lim kuchliroq ekanligini ham aytgandi", - dedi Sezar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: eurosport.ru