

Andalusiya klubi Ramos "Sevilya"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida muxlislarga ko'rsatgan ishorasi uchun sankciya qo'llashni talab qilmoqda.
"Sevilya" LFPdan Ramos golni nishonlayotganda ko'rsatgan ishorasi bo'yicha RFEF va zo'ravonlikka qarshi kurash komissiyasiga murojaat qilishini so'raydi" - deyiladi klub bayonotida.
Shu bilan birga, "Sevilya" futbolchini haqorat qilgan bazi muxlislarni jazolashini ham e'lon qildi.



