Sergey Arslanov "So'g'diyona"da ish boshladi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
"So'g'diyona" matbuot xizmati murabbiy Sergey Arslanov jamoada ish boshlaganini ma'lum qildi.

"So'g'diyona" o'z safiga tajribali va mahoratli mutaxassisni qo'shib oldi. Klub va Sergey Arslanov o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar imzolandi.

Faoliyati davomida Sergey Arslanov "Dordoy" klubida bosh murabbiy, "Surxon" klubida bosh murabbiy hamda "Neftchi" jamoasida yordamchi murabbiy lavozimlarida samarali faoliyat olib borgan.

E'tiborlisi, Arslanov 2021–2022 mavsumida Qirg'iziston Superkubogi sohibi bo'lgan.

Shuningdek "Neftchi" klubi bilan 2025 yilda chempionlikni rasmiylashtirgan.

"So'g'diyona" futbol klubi Sergey Arslanovga yangi mavsumda ulkan zafarlar va omad tilab qoladi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати