Serbiyalik futbolchi PSJ va MYU radarlariga tushib qoldi

Florenciyaning "Fiorentina" klubi himoyachisi Nikola Milenkovich jamoasini o'zgartirishga yaqin turibdi.

TMW xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga PSJ va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish biliryapti. O'z navbatida "Fiorentina" rahbariyati serbiyalik himoyachining transferi borasida muzokaralarni boshlashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Milenkovich Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 25ta o'yin o'tkazdi.


Manba: TMW