Serazetdinovning faoliyati tugadimi?

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022
Bu to'g'risida saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar berdi.

Coca Cola O'zbekiston Kubogi chorak finali doirasidagi "Andijon" – AGMK (0:2) uchrashuvida ishlagan Viktor Serazetdinov mezbonlar foydasiga yaqqon penaltini belgilamay, o'yin natijasiga ta’sir qilgani to'g'risida ma'lumot bergandik. 

"Championat.asia"ga ma'lum bo'lishicha, O'zPFL mazkur referining harakatlaridan juda norozi. Shu tufayli O'zbekiston futbol hakamlari markaziga Serazetdinovni musobaqalarga hakam sifatida tayinlamaslikni so'rab murojaat qilingan. Buyog'i O'zFHMga bog'liq.

Ma'lumot uchun, 1974 yilda tug'ilgan toshkentlik hakam Viktor Serazetdinov faoliyatidagi oxirgi mavsumni o'tkazayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia