"Seni va oilangni o'ldiramiz, kalamush". Ijtimoiy tarmoqda murabbiyga tahdid qilishdi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2025
"Barselona"ga qarshi bahsdan so'ng "Xetafe" bosh murabbiyi Pepe Bordalas va uning oilasiga o'lim bilan tahdid qilishdi.

"Xetafe" LaLiganing 20-turida "Barselona" bilan durang (1:1) qayd etdi.

"Bunday darajali jamoa bilan kerakli ochkoni qo'lga kiritdik. Butun jamoaning say harakatlari va fidoyiligidan faxrlanaman.

Qadamba qadam o'sishda davom etyapmiz. "Koliseum"dagi doimiy qo'llab-quvvatlash uchun rahmat" - deb yozdi mutaxassis Instagramdagi surati ostiga.

O'sha post izohlariga esa haqorat va tahdidlar yozib ketishdi: "Biz seni va oilangni o'ldiramiz, "bolalaringni topamiz", "kalamush".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As