Sautgeyt: "Turnirni yutish uchun kelgandik"

Mirjalol Normatov
11 dek 2022
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCH-2022da Fransiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"O'yin kutilganidek bo'ldi. Albatta, yakun urilgan gollar soniga qarab aniqlanadi. Futbolchilarga bor kuchi bilan o'ynagani uchun rahmat aytdim. Barchasini detallar hal qildi, maydondagi qaysidir narsalar ikki tomon uchun ham ishladi. Ushbu turnirda bosib o'tgan yo'limizdan faxrlanaman.

Uchrashuv bosh hakamining qarorlarini muhokama qilishdan mani yo'q. Undan ko'ra, o'z futbolchilarim haqida savol bering.

Fransiyani tabriklayman. Ular qanday futbol o'ynash kerakligini yaxshi bilishadi va og'ir o'yinda g'alabaga erishishdi. Bundan ortig'ining ilojisi yo'q bo'lsa kerak.

Biz birgalikda yutamiz va mag'lub bo'lamiz. Ikki gol qo'yib yubordik va vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Xarri Keyn ajoyib futbolchi, Angliya termasida doimo o'zini ko'rsatadi va ishonchli harakat qiladi. U tarkibimizda bo'lmaganida shu ergacha yetib kelmagan bo'lardik.

Ko'plab holatlarda biz to'g'ri ishladik. Bu erga turnirni yutish uchun kelgandik va o'zimiz ham bunga ishongandik. Termamiz JCHni yutishga qodir", - dedi Sautgeyt.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal