Sautgeyt nima sababdan Maguayr Yevropa chempionatida ishtirok etmasligiga izoh berdi

Omonjon To`xtamirzayev
7 iyun 2024, 11:17
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevropa chempionati-2024 uchun qaydnomaga "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrni kiritmasligiga nima sabab bo'lganini tushuntirib berdi.

"Barchangiz Xarriga, uning Angliya va men uchun (murabbiy sifatida) qilgan ishlariga munosabatimni yaxshi bilasiz. Vaziyatni murakkablashtirishning keragi yo'q, gap uning jismoniy holatida. Boshqa hech qanday sabab yo'q. U mamlakatimizning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian