

Mutaxassis shveytsariyaliklar bilan o'yin natijasini sarhisob qildi.
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Germaniyada bo'lib o'tayotgan Yevropa chempionati chorak finalida Shveytsariya terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Evro-2024 yarim finaliga chiqish haqida gapirdi. Angliyaliklar Shveytsariyani mag'lub etishdi (1:1, penaltilar bo'yicha – 5:3).
"Maqsadimiz to'p bilan o'ynash, ammo raqiblar bizni to'xtatishga urinishmoqda. Jamoamiz boshidanoq katta bosim ostida edi, lekin biz barcha qiyinchiliklarni juda yaxshi engdik. Ayni paytda ko'p gol ura olmayapmiz, ammo oxirgi uchta o'yinni yaxshi himoyalangan jamoalarga qarshi o'tkazdik. To'rtta urinishda uchinchi marta yarim finalga chiqdik. To'xtab qolmasligimiz kerak", – dedi Sautgeyt.
Angliya terma jamoasi Evro-2024 yarim finaliga chiqdi va unda Turkiyani mag'lub etgan (2:1) Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.



