Reshford Angliyaga qaytishi mumkin, ammo MYUga emas

Sherzod Nurmatov
30 apr 2026, 13:22
Huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan ingliz hujumchisi "Barselona"da ijaradasidan so'ng Premer-ligaga qaytadi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Aston Villa" hujumchini "qizil iblislar"dan sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Ayni paytda "Barselona" Reshfordni "qizil iblislar"dan qaytarib ijaraga olmoqchi, ammo uni 26 million funtga xarid qilish bandini faollashtirish niyatida emas.

"Old Trafford" bunga rozi bo'lishi ehtimoldan yiroq. Ular hujumchi bilan doimiy ravishda xayrlashmoqchi va tovon pulini kamaytirishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, Reshford 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Villa Park"da o'ynagan va 17 o'yinda 4 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports