

"The Times" ma'lumotiga ko'ra, 44 yoshli murabbiy ayni damda egallab turgan o'rni uchun asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Ruben Amorimning iste'fosidan keyin klub rahbariyati uning faoliyatini yuqori baholagan.
Ayni damda klubdagilar kelasi mavsum uchun bosh murabbiy borasida yakuniy qarorga kelishmagan. Ushbu mavsum yakunlanganidan keyini "Bornmut"ni tark etadigan Andoni Iraola ham nomzodlar qatorida bor.
Mankunianliklar APL turnir jadvalida 34 turdan keyin 61 ochko to'plagan holda 3-o'rinni egallab turibdi. Kerrik boshqaruvga kelganidan keyin MYU APL jamoalari ichida eng ko'p ochko to'pladi.



