Saudiyaliklar futbol bozorini “o'ldirishda” davom etadilar. Navbatdagi “nishon” “Atletiko” M futbolchisi

Khoja
12 yanv 2024, 09:45
“Atletiko” M hujumchisi Anxel Korrea faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Nomi ma'lum qilinmagan Saudiya jamoasi 28 yoshli futbolchiga uch yillik shartnoma va shu vaqt ichida 60 million evro berishga tayyor.

Ma'lumot uchun, futbolchining Madrid jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mavjud. Hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining transfer narxi 20 millionga baholanmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com