Saudiya Pro ligasi. Al Feyha yulduzli Al Qodisiyani mag'lub etdi. Shukurov ushbu bahsda qanday bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
13 apr 2025
Saudiya Arabistoni chempionatida 27-turida Otabek Shukurov to'p surayotgan Al Feyha Al Qodisiyaga qarshi maydonga chiqdi.

Hamyurtimiz to'liq o'yin o'tkazgan bahsda Al-Fayha  Renso Lopesning dubli evaziga 3 ochkoga ega bo'ldi. Uchrashuvda Otabek Shukurov maydonda to'liq harakat qildi.

Saudiya Arabistoni Pro ligasi. 27-tur

Al Feyha – Al Qodisiya – 2:1

Gollar: Renso Lopes 33, 58 – Kinones 90.

Sofascore nashri futbolchimizning harakatlariga 6,8 baho qo'ydi.


KhojaMuallif
Manba: Sofascore