Saudiya Arabistoni. Masharipov zaxiradan tushgan o'yinda "Al Nassr" avtogol evaziga g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2022
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 18-turi doirasidagi "Al Taavon" - "Al Nassr" bahsi yakuniga etdi.

Uchrashuvda hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Uning jarimadan uzatgan to'piga Taliska boshi bilan zarba yo'lladi. To'p esa himoyachiga tegib, darvozadan o'rin oldi.

"Al Taavon" - "Al Nassr" 0:1

Gol: al-Slaluli (80-avtogol).

"Al Taavon": Kassio, Yago Santos, al-Bakr, al-Slaluli, Yaslam, Amissi, Medran (Abuhassan, 67), al-Nabit, al-Oyayari (al-Amri, 67), Tavamba, al-Rashidi (al-Hassan, 90).

"Al Nassr": Abdulloh, Mori, al-Gannam, al-Amri, al-Shammari, Martines (Masharipov, 77), Anselmo, Taliska, al-Hassan (al-Haybari, 77), al-Gannam, Adam (al-Naji, 46).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia