Saudiya Arabistoni hujumchisi doping tufayli futboldan chetlatildi

Xayrulla Xoliqov
29 may 2019, 19:22
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi hamda "Al Ittihod" klubi hujumchisi Fahad Al Muvallad boshiga og'ir kun tushdi.

U taqiqlangan modda istemol qilgani bois Antidoping qo'mitasi tomonidan bir yilga katta futboldan chetlatildi. Ma'lumki, "Al Ittihod" bu yil "Lokomotiv" bilan OCHLda bitta guruhda kurash olib borgan hamda Jidda shahrida kechgan bahsda Al Muvallad ham gol urgandi. 

Endilikda ushbu futbolchi bir yil futbol o'ynay olmaydi. Fahad Al Muvallad terma jamoa safida muntazam maydonga tushib kelayotgan futbolchilardan biri edi. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia