Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'yinchisi balkondan qulaganidan so'ng og'ir holatda shifoxonaga etkazildi

Alisher
15 sen 2024
Saudiya Arabistoni terma jamoasi va "Al Shabab" hujumchisi Fahad Al Muvallad o'zining Dubaydagi hovlisining ikkinchi qavatidan tushib ketganidan so'ng shifoxonaga etkazildi.

30 yoshli futbolchi Dubay shifoxonasidagi intensiv terapiya bo'limida bo'lib turibdi.

Al Muvallad 2013 yilning fevralida Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida debyut qilgan. U bu vaqt davomida barcha musobaqalarda 74ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Arab News