

Mart oyida Saudiya Arabistoni antidoping tashkiloti Al Muvalladni 18 oyga chetlatgandi. O'shanda futbolchidan WADA'ning taqiqlangan moddalar ro'yxatida turuvchi furosemid moddasi topilgandi. Keyinchalik, ushbu qaror biroz yumshatilgan va futbolchiga terma jamoa tarkibida JCHda qatnashish imkoniyati berilgandi.
Biroq, uni baribir JCH-2022 uchun yakuniy ro'yxatdan chiqarib tashlashdi. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi ushbu qarorni "ehtiyot chorasi" sifatida qabul qilgan. Ushbu qarorni qabul qilishdan oldin federatsiya huquqshunoslar bilan maslahatlashgan.
Endi Muvalladning o'rniga JCH uchun Navaf al Obid ro'yxatga kiritildi.



