Sanjar Asqaraliev: "Bugun "Navbahor" yutadi, Lushchanning ishiga mavsum tugasa baho beramiz"

Iskandarov Abdulaziz
9 noya 2024, 13:15
Bir necha soatdan so'ng Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur to'qnashuv oldidan "lochinlar" sobiq futbolchisi Sanjar Asqaralievning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Ikki jamoada ham ikkinchi o'rin uchun nazariy jihatdan imkoniyat saqlanib qolingan. Shu bois qiziq uchrashuv guvohiga aylanamiz deb o'ylayman. Sergey Lushchan tarkibga ko'proq yoshlarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Ishini yomon deb bo'lmaydi. Yakuniy bahoni esa jamoa mavsum oxirida egallagan o'rni beradi. Fikrimcha, bugun "Navbahor" g'alaba qozonadi. Bugun va qolgan o'yinlarda 3 ochko qo'lga kiritsa, mavsumni sovrinli o'rinlarda yakunlashi mumkin",- deydi Sanjar Asqaraliev. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia