

Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra yana bir yillik shartnoma imzolashdi.
Avvalroq Sanjarning boshqa jamoaga o'tishi haqida gap-so'zlar chiqqandi. Davogarlar orasida “Nasaf” va “Bunyodkor”ning nomi tilga olingandi. Biroq futbolchi “temiryo'lchilar” tarkibida qolishni maqul ko'rdi. Biz yangi boshlanadigan mavsumda Shoahmedovga omad tilagan holda undan yana ajoyib o'yinlarni kutib qolamiz.


