Sanjar Shoahmedov: "Bizning g'alabamiz muxlislarimizning g'alabasi"

Narzulla Saydullayev
19 noya 2016, 11:39
"Lokomotiv" klubi o'z uyida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qilib chempionlik nomini rasmiylashtirishdi.

Ushbu bahsdan so'ng "temiryo'lchilar" futbolchisi Sanjar Shoahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz uchun uzoq kutilgan chempionlik qo'lga kiritildi. Bugungi "Metallurg"ga qarshi chiroyli o'yin bo'ldi. Mavsumni chiroyli chempionlik bilan yakunladik. To'g'ri, chempion bo'lganimizni bir kun avval bilib bo'lgandik.

Bugun g'alaba qozonganimiz qo'shaloq bayram bo'ldi. Muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurdi. Bizning g'alabamiz muxlislarimizning g'alabasi. Keyingi yil ham barcha sovrinlarni qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz", - deydi "Lokomotiv" klubi futbolchisi Sanjar Shoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia