Sane "Bavariya" qolish uchun maoshi qisqarishiga rozi bo'lishi kerak

Omonjon To`xtamirzayev
13 noya 2024, 12:02
Myunxenning "Bavariya" klubi 28 yoshli vinger Leroy Sane bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tomonlar masalaga ijobiy ruhda yondashmoqda, ammo hozircha kelishuvdan ancha yiroqlar.

Yangi shartnoma imzolash uchun Sane taxminan yiliga 2-4 mln evrodan voz kechishi kerak – hozir u har mavsum bonuslarni qo'shib hisoblaganda 20 mlngacha pul ishlab topmoqda.

Takidlanishicha, Leroyning qishda transfer qilinishi varianti umuman ko'rib chiqilmayapti, mabodo tomonlar kelisha olishmasa, yozda u klubni erkin agent sifatida tark etadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Pettigoal