San Marino terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi

Eldor Akmurzayev
14 noya 2020
Millatlar Ligasi 5-turi doirasida San-Marino termasi o'z maydonida Gibraltarni qabul qilib, chetlatish tufayli biri kishi kam qolganiga qaramay raqib bilan durang (0:0) o'ynadi.

Jurnalist Saymon Stounning xabar berishicha, San-Marino o'z tarixida ilk bor qatorasiga ikki o'yinda mag'lub bo'lmadi.

Eslatib o'tamiz, Franko Varrella shogirdlari oktyabrda Lixtenshteyn (0:0) bilan ham murosa yo'lini tanlagandi.

Ma'lumot o'rnida, San-Marino Millatlar Ligasi “D” divizioni 2-guruhida ikki ochko to'plagan holda oxirgi o'rin bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

San-Marino – Gibraltar 0:0 (0:0, 0:0)

"Stadio Olimpiko di Serravalle"

San-Marino – Benedettini, Brolli, Simonchini, Palacci, Rossi, Lunadei, Golinuchchi, Xirsh (Mularoni, 57), Nanni, Tomassini (Battistini, 57), Berardi (Vitayoli, 67).

Gibraltar – Kuling, Chipolina, Mueli (Staych, 66), Uayzmen, Olivero, Uoker, Sardjent, De Barr, Torilla (Pristli, 77), Ennesli, Kassiaro (Kassiaro, 54).

Ogohlantirishlar: Chipolina (15), Torilla (73), Brolli (75), Staych (81).

Chetlatish: Simonchini (49).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru