Qoyil! Marokash yetakchisi Afrika Millatlar Kubogi sovrinini qabul qilmasligini ma'lum qildi

Khoja
21 mar 2026
Marokash terma jamoasi yetakchisi Ashraf Xakimi 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi yakunlari bo'yicha topshirilgan sovrindan voz kechdi.

"Onam menga sovrindan voz kechishni aytdi. Men rasman sovrindan voz kechaman va umid qilamanki, jamoadoshlarim ham shunday qiladi. Bizda g'olib bo'lish imkoniyati bor edi, lekin uni qo'ldan boy berdik. Futbol shunday: bazan g'alaba qozonasan, bazan mag'lub bo'lasan. Men Afrika futbol konfederatsiyasining qarorini hurmat qilaman, lekin rasman sovrindan voz kechaman. Men 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogini yutmadim. Yana bir bor Senegalni tabriklayman!", - deya Xakimining so'zlarini Akelicious nashri keltiradi.  

Avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Marokashning apellyaciyasini qanoatlantirib, finalda maydonni tark etgani uchun Senegalga 0:3 hisobida mag'lubiyatni rasman hisoblab, g'alabani Marokashga bergan edi.


KhojaMuallif
Manba: Аkelicious