San-Marino terma jamoasi rasmiy o'yinda oxirgi marta 20 yil ilgari g'alaba qozongan

Оқил Абдубарноев
21 mar 2024, 23:29
San-Marino terma jamoasi kecha o'rtoqlik uchrashuvida Sent-Kits va Nevis jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

San-Marino xalqaro miqyosda dunyodagi eng omadsiz futbol mamlakati sifatida tanilgan. Italiyaning markazida joylashgan mamlakat FIFA dunyo reytingida 210-o'rin, yani eng quyida joylashgan.

Terma jamoa oxirgi marotaba 2004 yilning 28 aprelida Lixtenshteynga qarshi o'yinda 1:0 hisobida zafar quchgan. Shundan beri, kichik mamlakat vakillari g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Yevropaliklar navbatdagi uchrashuvini 25 mart kuni yana Sent-Kits va Nevisga qarshi o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia