Sami Xedira: "Germaniya terma jamoasi yuqori unumdorlik ko'rsatdi"
Tolibjon Qosimov
30 iyun 2017, 19:44
Germaniya terma jamoasi va "Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira "Konfederatsiyalar kubogi-2017" yarim finali doirasida Meksika ustidan qozonilgan g'alaba (4:1)dan keyin o'zining tvitter sahifasida bundestimni tabrikladi.
"Final! Bugun jamoa kuchli raqib bilan yuqori unumdorlik ko'rsatdi. Germaniya terma jamoasini tabriklayman", - deb yozdi Xedira.