Samarqand bolalar-o'smirlar futbol akademiyasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Narzulla Saydullayev
2 fev 2019, 12:59
Samarqand bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi infratuzilmasini yaxshilash va tarbiyalanuvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ta'mirlash ishlari boshlandi.

Ta'mirlash ishlarida qatnashayotgan 30 nafardan ortiq quruvchilar tunu kun mehnat qilishayotganini ham ta'kidlab o'tish zarur. Samarqand viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining yotoqxona, oshxona, yuvinish xonasi, xojatxona, o'quv binosi hamda mamuriy binolarini ta'mirlash jarayonlari keng ko'lamda amalga oshirilmoqda.
 
Bundan tashqari Samarqand viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasining moddiy-texnika bazasi hamda infratuzilmasini mustahkamlash va zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun yangi joy ajratilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz