

18 sentyabr kuni Klopp jamoasi YCHL guruh bosqichida ishtirokini PSJga qarshi boshlaydi.
“YCHLdagi har bir o'yin o'ziga xos, betakror ahamiyatga ega. O'ylashimcha, “Liverpul” yana finalga qadar yetib bora oladi. Bu yil bu turnirni yuta olishmizga ishonaman. Umuman APL va YCHLda g'olib chiqishga qurbimiz etadi. Jamoaga ortiqcha bosim yuklamoqchi emasman, ammo bu ishni bajarish qo'limizdan keladi.
PSJ yaxshi jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar jamlangan. Bu jamoaga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman. Yoqimli va qiziqarli bellashuv bo'lishiga umid qilayapman”, deya Salohning so'zlaridan iqtbos keltirmoqda France Football.



