Salah: "Foydasiz emasligimni isbotlash uchun "Liverpul"ni tanlaganman"

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2025
"Liverpul" yetakchisi Muhammad Salah bir paytlar nega aynan "qizillar" safida to'p tepishni tanlaganini aytib o'tdi.

"APLga qaytgunimga qadar menda boshqa chempionatlardan ham takliflar bor edi. Lekin, meni foydasiz deb hisoblagan va menga shubha qilganlarga aslida unday emasligini isbotlash uchun ham "Liverpul"ni tanlaganman. Bu qasosga o'xshaydi va men hozirgacha jamoamga sovrinlar yutishda yordam beryapman. Bu esa o'z qadrimni ko'rsatishning ajoyib usuli", - degan Salah.

Eslatib o'tamiz, Salah 2017 yilda "Roma"dan "Liverpul"ga ko'chib o'tgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FootballFactly