

APLning 17-turida “Arsenal”ga (2:1) qarshi kechgan bahsning birinchi bo'limidayoq Pablo Sabaleta jarohati bois maydonni tark etishga majbur bo'lgandi.
“O'ylaymanki, hammasi u darajada yomon emas. Men jamoamga yordam berishim uchun biroz muolajalar talab qilinadi. Bu jarayon qancha davom etishini aytolmayman. Balkim bunga 10 kun vaqt kerak bo'lar”, deydi Sabaleta.
“Liverpul” – “Manchester Siti” bahsi 31 dekabr kuni o'tkaziladi.



