Rustam Mirsodiqov: "Shkvirin "Metallurg"ni juda yaxshi biladi"

Narzulla Saydullayev
20 okt 2017
Oliy liganing 25-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va 3:2 hisobidagi natija bilan ikkinchi davradagi o'z maydonidagi ilk g'alabasiga erishdi.

Bahsdan so'ng “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga qisqacha  javob berib o'tdi.

- O'yin haqida nima deyish mumkin. Uchrashuv tasvirini ko'rib kamchiliklani o'rganamiz va ularni bartaraf  etishga harakat qilamiz. Igor Shkvirin jamoamizni juda yaxshi bilardi va kamchiliklarimizdan samarali foydalandi. Agar unga imkon berilsa ,u o'z jamoasini yuqori o'rinlarga olib chiqa oladi. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman, - deydi Mirsodiqov. 

“So'g'diyona” matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia