Mirzaev, Mo'minjonov, Ortiqov, Qilichev... "Metallurg" rahbariyati va murabbiylar shtabi tanishtirildi

Sherzod Nurmatov
8 mar 2026
Qayta tashkil etilgan "Metallurg" futbol klubi xodimlari omma e'tiboriga havola etildi.

"Jamoa oldida turgan vazifa aniq - Superligaga chiqish. Shu bois, klub tasischisi 2026 yilning 26 yanvar kunidan bosh direktor lavozimiga Mirzaev Ulug'bek Abdusattarovichni tayinladi. Tajribali mutaxassis bilan uch yillik bitim imzolandi. 

Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi sifatida Ilhom Mo'minjonov bilan 2028 yilning oxiriga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzilgani haqida kuni-kecha O'zPFL ham e'lon qildi. 

Klub sport direktori lavozimida Farzod Zaripov faoliyat olib boradigan bo'ldi. 

Bundan tashqari, Mo'minjonovga yana bir qator mutaxassislar yordam beradi", – deyiladi bekobodliklar xabarida.

Durbek Umaraliev - bosh murabbiy yordamchisi

Andrey Shumara - jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy

Akmal Ortiqov - darvozabonlar murabbiyi.

Oybek Qilichev - selekcioner murabbiy

Islombek Rustamov - tahlilchi

G'ofurjon Jo'raev - shifokor

Ravshan Begmatov - mamur

Mansur Boynazarov - mamur 

Muxtor Mardonov - massajchi 

Abror Rustamov - massajchi

Jasurbek Umarov - videooperator 

Alisher Toshmatov - xavfsizlik oficeri 

Omonboy To'xtamirzaev - media-oficer

Shu bilan birga, Jamshid Mirabdullaev klub texnik direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Nozim Esonov esa selekcioner vazifasida ish olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати