

"O'yindan taassurotlarim yaxshi albatta, qarshi hujum taktikasi ish berdi va biz yaxshi natijaga erishdik", - deydi Rustam Mirsodiqov.
- Ayrim hollarda ochiq o'yin bo'ldi, bu o'yinga taktikami yoki o'yinning borishiga qarab kuzatilgan holat?
- 90 daqiqa to'liq himoyalanib bo'lmaydi, shunga payti kelganda oldinga ham chiqish lozim edi.
- Bugungi durang sizni qanoatlantirdimi?
- Aslida har bir murabbiy o'yinga g'alaba uchun tushadi. Bugungi ochko bizni qoniktirdimi yoki yo'q mavsum so'nggida aytishim mumkin.


