Rustam Ashurmatov "Kanvon" bilan ikki yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2021
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov "Kanvon" klubiga ko'chib o'tdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, 2 yil davomida "Kvanju" safida o'ynagan Ashurmatov faoliyatini "Kanvon" safida davom ettiradi. Hamyurtimiz yangi klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Rustam Ashurmatov "Kanvon" safida 22-raqamda o'ynaydi.

"Kanvon" klubi 2008 yilda tashkil topgan, o'z uy o'yinlarini 20000 tomoshabinga mo'ljallangan "Chunchon Songam" stadionida o'tkazadi. 2020 yilgi mavsumda klub K1 Ligada 7-o'rinni egalladi. 

Dekabr oyida championat.asia Ashurmatov "Kanvon"ga o'tishi mumkinligi haqida yozgandi. Yangi yil bayramiga yaqin futbolchi sobiq klubi "Kvanju" bilan instagram orqali xayrlashgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia