

“Men ham maydonga qaytishni xohlardim. Ammo fikrimcha, Angliyada futbolni qaytarishga haddan tashqari shoshishmoqda. Hukumat nima deyayotganiga e'tibor bering: odamlar ijtimoiy masofa saqlagan holda ish joylariga qaytishi mumkin. Xo'p mayli, ammo futbolda buning ilojisi yo'q-da. Hukumat jismoniy jihatdan aloqa qilishga ruxsat bermaguncha, biz na mashg'ulot o'tay olamiz va na futbol o'ynay olamiz”, - deydi Runi.



