

Superliga 22-tur doirasida “Istanbul Bashakshexir” klubi o'z maydonida “Beshiktosh”ni qabul qiladi. Mezbonlar safida o'zbekistonlik o'yinchilar Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishi kutilmoqda.
“Bashakshexir” 22-tur o'yini oldidan 33 ochko bilan oltinchi, “Beshiktosh” esa 37 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi to'purarlar jadvalida 15 ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda, birinchi o'rinda 16 ta gol bilan Pol Onuachu joylashgan.
Championat.asia bugun Istanbul derbisini yoritib boradi.
15 fev 2026, 22:00
İstanbul Başakşehir — Beşiktaş

2 – 3
Tugadi




