

"Men aprel oyi tugagunicha "Bavariya"ga yangi bosh murabbiy olib kelish borasida ishlamoqdaman. Biz juda xotirjammiz va shoshilmayapmiz. Asosiysi - murabbiy nemischada ravon gaplasha olishi kerak.
Sport direktorimiz Salixamijich bir necha murabbiylar bilan muzokaralar olib bordi, ularning orasida Tuxel ham bo'ldi. Biroq u boshqa jamoa bilan kelishib qo'yganini aytdi. Biz esa buni to'g'ri tushundik", - dedi Rummenigge.



