Rudi Garsiyaning yordamchisi: "Napoli" endi YCHL g'olibi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
18 iyun 2023
"Napoli" bosh murabbiyiga aylangan Rudi Garsiyaning yordamchisi Frederik Bomparning fikriga ko'ra, neapolliklar YCHL g'olibiga aylanishi mumkin.

O'tgan mavsumni yuqori notada o'tkazgan neapolliklardan YCHLda ham yuqori natija kutishgandi. Biroq jamoaning so'nggi manzili chorak final bo'lgandi.

"Napoli" YCHL g'olibi bo'la olishiga doimo ishonganman. Buning yo'lida Rudi Garsiya juda mos murabbiy. U barcha detallarga e'tibor beradi va kollektivda yaxshi atmosfera yaratadi", - dedi Bompar.

Garsiyaning so'nggi ish joyi Krishtianu Ronaldu o'ynayotgan "Al Nasr" bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal