

Uchrashuv Grozniy jamoasining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Mehmonlar safida gollarga Vladimir Ilin, Artem Timofeev va Bernard Berisha mualliflik qilgan bo'lsa, "temiryo'lchilar"dan Anton Miranchuk va Gjegoj Krixovyak o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Ma'lumot uchun, o'yinning 63-daqiqasida "Axmat" futbolchisi Marat Bistrov, qo'shimcha daqiqalarda esa Anton Shvec maydondan chetlatildi.
Bu "Lokomotiv" uchun RPLda qatorasiga 2-mag'lubiyat. Klub ayni paytda 7 ochko bilan 5-o'ringa joylashgan. "Axmat" esa 10 ochko bilan 4-pog'onaga ko'tarildi.
Lokomotiv – Axmat 2:3
26 avgust, 20.30, stadion Lokomotiv
Gollar:
0:1 – 3 Ilin, 0:2 – 45 Timofeev, 1:2 – 48, penalti Miranchuk, 1:3 – 58 Berisha, 2:3 – 77 Kryxovyak.
Lokomotiv – Gilerme, Lysov (Rybchinskiy, 75), Serkeyra, Magkeev, Ignatev, Kamano, Miranchuk, Jemaletdinov (Lisakovich, 46), Kryxovyak, Chorluka (Kulikov, 46), Eder.
Axmat – Sheliya, Bystrov, Semenov, Nijich, Nenaxov, Timofeev, Ismael (Roshi, 58), Berisha (Shvec, 58), Bogosovac (Xarin, 58), Ponse (Melkadze, 39; Ivanov, 81), Ilin.
Ogohlantirish:
Ignatev (24), Nenaxov (25), Timofeev (32), Jemaletdinov (34), Bystrov (38), Berisha (58), Eder (70), Semenov (71), Ivanov (90), Ilin (90), Shvec (90).
Chetlatish:
Bystrov (63), Shvec (90).



