Rouz "Uotford" bilan kelishuvga erishdi

Alisher
15 iyun 2021
"Tottenxem" himoyachisi Denni Rouz faoliyatini "Uotford"da davom ettiradi.

Klub 30 yoshli futbolchi bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Uning London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi oy so'nggida yakuniga etadi, shundan so'ng u erkin agentga aylanadi.

Rouz "Tottenxem"ga 2007 yilning yozida kelgan edi. 30 yoshli angliyalik futbolchi so'nggi bor 2020 yilning 11 yanvarida "shporlar" tarkibida "Liverpul" (0:1)ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi. U joriy mavsum "Tottenxem"ning asosiy jamoasida o'yin o'tkazmadi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports